O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar G‘arbiy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda!

  • 22 aprel, 19:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Xabar berganimizdek, 20–29 aprel kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida shaxmat bo‘yicha 8–18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida G‘arbiy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 

21 aprel kuni chempionat doirasida rapid yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar quyidagi natijalarga erishdi.

Hamyurtlarimiz jami 7 ta medalni qo‘lga kiritdi:

Oltin medallar:

Nematillahonov Nurmuhammad – 10 yoshgacha o‘g‘il bolalar
Azizov Sa’dullo – 18 yoshgacha o‘g‘il bolalar

Kumush medallar:

Asadova Madinabonu – 10 yoshgacha qizlar
Abduhakimov Akbarali – 18 yoshgacha o‘g‘il bolalar
Erkinboev Sayfuddin – 8 yoshgacha o‘g‘il bolalar

Bronza medallar:

Umarov Behruz – 18 yoshgacha o‘g‘il bolalar
Quvondiqova Nafisa – 12 yoshgacha qizlar

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!