
O‘zbekistonlik jiu-jitsuchilar tarixiy natijalar qayd etishdi!
1-8 may kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida jiu-jitsu bo‘yicha kattalar va U16, U18 yosh toifasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionatda 30 ta davlatdan 1500 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bahs yuritishdi. Albatta, O‘zbekiston terma jamoasi ham bu turnirda 97 ta sportchi bilan uchta yo‘nalishda ishtirok etishdi. Quvonarlisi, Rizo Safarov hamda G‘ayrat Nabiev bogshchiligidagi terma jamoamiz jami 50 ta medalni qo‘lga kiritdi. Yana bir e’tiborga molik jihati ilk bora kattalar o‘rtasida Nevada yo‘nalishida ham medalga ega chiqildi. Ya’ni, shu kunga qadar bu yo‘nalishda o‘zbekistonlik jiu-jitsuchilar kattalar o‘rtasida sovrindorlar qatoridan o‘rin olmagandi. Yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan jiu-jitsuchisi, ikki karra boshqa yo‘nalishda Osiyo chempioni, Jahon kubogi sohibi, Butunjahon jangovor o‘yinlari bronza medali sohibi Sarvarbek Rahmonberdiev ushbu qora an’anaga chek qo‘ydi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. shu tariqa mazkur Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik jiu-jitsuchilar tarixiy natijalar qayd etishdi.
Fikrlar