
O‘zbekistonlik hakamlar "Al Nassr" - "Sepaxon" uchrashuvini boshqaradi
Ayni kunlarda Qatar maydonlarida OChL guruh bosqichi G‘arb mintaqasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Avval xabar berganimizdek, ushbu o‘yinlarda faoliyat olib borish uchun o‘zbekistonlik hakamlar ham taklif etilgan.
Hamyurtimiz FIFA referisi Ilgiz Tantashev o‘z brigadasi bilan OChL 4-turidan o‘rin olgan "Al Nassr" - "Sepaxon" uchrashuvini boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladigan mazkur bahsda Ilgiz Tanyashevga qanotlarda Andrey Tsapenko va singapurlik Ronni Ko Min yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi tailandlik Sivakorn Pu-Udomga ishonib topshirildi.
Fikrlar