
O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi
O‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir yana shaxmat ixlosmandlarini bir joyga to‘playdi!
Shu yilning, 19–30-mart kunlari poytaxtimizda umumiy mukofot jamg‘armasi 75 000 AQSh dollarini tashkil qiladigan o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Kimlar ishtirok eta oladi?
A guruhida FIDE reytingi 1800 va undan yuqori bo‘lgan kuchli shaxmatchilar qatnashsa, "B" guruhida FIDE reytingi 1999 va undan past bo‘lgan ishtirokchilar ishtirok etadi.
FIDE reytingi 2025 yil 1 mart holatiga qarab belgilanadi
Fikrlar