Ekspert bahosi: O‘zbekiston Osiyo kubogida syurpriz qilishga qodir!

  • 14 yanvar, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar stadionlarida qit’aning eng kuchli 24 ta terma jamoasi ishtirokida Osiyo kubogi boshlandi. Bu turnir 18-marotaba tashkil etilmoqda.

Tecno

24 ta terma jamoa to‘rttadan olti guruhga bo‘lingan holda pley-off bosqichiga chiqish uchun bir davrali tizimda o‘zaro kuch sinashadi.

IMG_1109

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, har bir kvartetdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan va eng yaxshi ko‘rsatkichga ega to‘rtta uchinchi o‘rin sohibi musobaqadagi ishtirokini davom ettiradi. Qolganlar uyga qaytadi.

Hozir futbol olamining katta qismi Afrika Millatlar kubogi va Osiyo kubogini kuzatib borishga qiziqqan.

Yon qo‘shnimiz – Qozog‘istondagi mutaxassislar, futbolchilar, ekspertlar ham Osiyo kubogi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Xususan, Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasi katta murabbiyi va birinchi ligada qatnashayotgan “Xan-Tengri” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Kuznetsov ham Oisyo qit’asining eng nufuzli musobaqasiga munosabat bildirdi.

- O‘zbekiston bizga qo‘shni va bu fakt bizni mana shu terma jamoaga muxlislik qilishga undaydi.

O‘zbeklar o‘tsa bo‘ladigan guruhdan o‘rin olgan. Suriya va Hindiston o‘zbekistonliklar o‘ta oladigan raqiblar sirasiga kiradi.

Keyin pley-off bosqichida ham qo‘shnilarimiz uyushqoq tarzda o‘yin ko‘rsatsa, syurpriz qilishga qodir.

O‘zbekiston terma jamoasi safida yulduz futbolchilar va iste’dodli yosh o‘yinchilar bor. Ular yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zlarini ko‘rsata olgan, - dedi Aleksandr Kuznetsov.

Ta’kidlash joizki, Osiyo kubogida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga taklif etilganlar orasida o‘tgan mavsumni Qozog‘iston Premer-ligasida o‘tkazgan ikki nafar futbolchi ham bor.

Bobur Abduxoliqov va Shahboz Umarov mavsumni “Ordabasi” safida o‘tkazdi. Chimkentliklar klub tarixida ilk marotaba mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Tabiiyki, chempionlikka o‘zbek legionerlari ham katta hissa qo‘shdi. Chempionatning barcha – 26 ta uchrashuvida maydonga tushgan Bobur Abduxoliqov raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi.

Premer-liganing yigirma ikkita bellashuvmda qatnashgan Shahboz Umarov esa, o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ydi.

picture_1

Eslatib o‘tamiz, Bobur Abduxoliqov 2018 yildan beri milliy terma jamoa o‘yinchisi hisoblanadi. Hozirgacha 13 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan.

Shahboz Umarov 2021 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. Hozircha to‘rt marotaba maydonga tushgan va hali gollari hisobini ochmadi.

Fayzullaev top-klublar e’tiborini qozonishi shart!

Yapon futbolchisi O‘zbekiston kuchayganini tan oldi

Ispanlar Fayzullaevga baho berdi, Osiyo kubogida uni va Husanovni alohida kuzatishadi!

Bu transfer amalga oshsa, Husanov muntazam asosiy tarkibda o‘ynaydi!

Ikki legionerimiz uchun Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston klublari kurashyapti

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!

O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!