O‘zbekistonda tug‘ilgan bo‘lsa ham, Qozog‘iston sharafini himoya qilayotgan "fantastik beshlik"

  • 22 dekabr, 2021, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Qo‘shnilarimizning eng taniqli internet portali - SPORTS.kz qiziq mavzuga doir maqolani e’lon qildi. Unda O‘zbekistonda tavallud topganiga qaramay, Qozog‘iston sharafini dunyo arenalarida munosib himoya qilgan 5 sportchi haqida so‘z boradi. Ular orasida jahon chempionati va Olimpiada sovrindorlari bor ekanligini inobatga olsak, ularni kim ekanligiga bo‘lgan qiziqish yanada ortishi tabiiy.

Tecno

Aslida o‘zbekiston va qozoqlar birodar xalqlar. Ularni juda ko‘p narsalar birlashtirib turadi. Boks va boshqa sport turlarida esa u yoki bu yurt farzandlarini ikki jamoa safida ko‘rish odat tusiga kirgan. Pekin Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Baxit Sersekbaevni yodga oling! Pavladarda tug‘ilgan, keyin Toshkent viloyatiga ko‘chib borgan va yakunda yana ortga qaytgan chempionni bemalol ikki xalqning farzandi, deyish mumkin. Baxit singari O‘zbekistonga begona bo‘lmagan yana qaysi qozog‘istonlik chempionlarni taniysiz? Biz ular orasidagi eng taniqli 5 nafarini tanlab oldik.

Abdisalan Nurmaxanov

sakennn

Ro‘yxatimizni hozir oramizda yo‘q bo‘lgan Abdisalan ochib beradi. Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida dunyoga kelgan. Maktabning boshlang‘ich ta’limini O‘zbekistonda olganiga qaramay, uni Turkiston viloyatida yakuniga etkazadi. Oilasi bilan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan qahramonimizga 1968 yilda qozoq boksi tarixidagi ilk sport ustasi unvoni topshirildi. U Qozog‘iston Respublikasining 11 karra chempioni, SSSR chempionatida kumush va bronza medallarga ega chiqqan. Aynan uning qo‘l ostida 1996 yilda o‘tkazilgan Atlanta olimpiadasida Qozog‘iston boks terma jamoasi bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalga ega chiqqan. Afsuski, Abdisalan Nurmaxanovni 2002 yili o‘z uyi oldida otib o‘ldirishgan. Hozirda, Turkiston regionida uning nomi berilgan ko‘chalar mavjud.

Shavkat Rahmonov

rahmov

Uni aralash jang san’ati ixlosmandlariga ortiqcha tanishtirishning hojati yo‘q. Shavkat ham Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan va 16 yoshiga qadar O‘zbekistonda istiqomat qilgan. Keyin oilasi bilan Qarag‘andaga ko‘chib ketadi. 2014 yilda "M-1 Global"da debyut qilgan Shavkat shu kunga qadar 14 jang o‘tkazishga ulgurdi. E’tiborlisi shundaki, u raqiblarining barchasini muddatidan avval taslim etgan. 2 bor dunyoning eng mashhur promousheni sanalmish - UFCda jang o‘tkazib, ikkisida ham raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan.

Adilbek Niyazimbetov

adilbekkk

Boks bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasining sobiq sardori Nukus shahri o‘g‘loni sanaladi. U o‘smir yoshga to‘lganida, Qozog‘istonning Aktau viloyatiga ko‘chib ketadi. Boks bilan shug‘ullanishni kanda qilmaydi. Natijalar shunchaki fantastika!

  • 2015 yilgi Osiyo chempioni!
    2014 yilgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi
    2012, 2016 yillarda o‘tkazilgan Olimpiadalarda ikkita kumush!
    2011, 2013 yillarda o‘tkazilgan jahon birinchiligida ikkita kumush!

Niyazimbetovni ajoyib texnikasi va sovuqqonligi sababli boks ixlosmandlari yaxshi eslab qolgani aniq. Afsuski, u faoliyati davomidagi eng katta 4 finalning barchasida mag‘lubiyatga uchragan. Shunga qaramay, Qozog‘iston boks olamida uning nomi oltin harflar bilan yozilgani aniq.

Saken Bibasinov

sakennnn

Bibasinov ham yuqorida nomi zikr qilingan sportchilar singari O‘zbekistonda tavallud topgan. Qahramonimiz boks bilan juda erta shug‘ullanishni boshlagan. 13 yoshga to‘lganida, oilasi bilan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tadi. Qizilo‘rda shahridagi intirnatda tahsil olgach, o‘smirlar o‘rtasidagi turli boks musobaqalarida g‘alaba qozonadi. Ortda qolayotgan yil davomida Olimpiadada bronza, jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi.

Erdos Janabergenov

kasss

Erdos Qoraqalpog‘istonnig Xo‘jayli shahri o‘g‘loni sanaladi. Uning oilasi Qozog‘istonning Aktau viloyatidan qo‘nim topgach, 17 yoshli boksi boks musobaqalaridagi ishtirokini boshlagan edi. 3 yil o‘tib, u Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritadi. 21 ga to‘lganida Osiyo birinchiligida zafar quchadi. 27 yoshida harbiylar o‘rtasida JCh oltin medaliga ega chiqqan.

Katta ehtimol bilan, "fantastik beshlik" taqdirida ikki xalq farzandi bo‘lish yozilgan. Buni inkor etib bo‘lmaydi! Aslida, bunday sportchilar juda ko‘p. Shunchaki, ular orasidagi eng sovrindorlarini tanlab oldik. Yana kimlarni bu ro‘yxatga qo‘shgan bo‘lar edingiz? Izohlaringizni yozib qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
равшанбектохтаев
23/12/2021 01:07
Хожибой Тожибоевни латифасида Мавлуда Асалхужаева узи менман роддомда алмашиб уолганмиздан булибди