O‘zbekistonda ralli poygasi o‘tkazildi

BEPUL PROPAN

Avtosportning ralli yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati 1-bosqich musobaqalari o‘tkazildi. Unda o‘z irodasi va mahoratini namoyish etganlar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Toshkent viloyatida joylashgan maxsus ralli maydonida tashkil etilgan chempionat bahslarida mamlakatimizning turli hududlaridan ralli sportiga qiziqadigan mahoratli poygachilar, jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Rallining 1 ming 600 metrga mo‘ljallangan juftlik musobaqalarida 16-raqam ostida tasniflangan Evgeniy Kim va Jamoliddin Mirhosilov 1-o‘rinni, 18-raqamda tasniflangan Nikolay Saev va Rauf Gasanov 2-o‘rinni, 13-raqam vakillari Farrux Urusov va Otamurodjon Sobirov 3-o‘rinni egalladi. 

2 ming metrlik masofadagi bahslarda esa Rustam Muhammedov/Elyor Rahmonov, Shuhrat Obidjonov/Sergey Skvortsov va Farhod Daminov/Javohir Qahhorov chempionatning 1-bosqich sovrindorlari sifatida e’tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!