
O‘zbekiston Xalqaro xokkey federatsiyasi a’zosiga aylandi
O‘zbekiston xokkey federatsiyasi (O‘XF) Xalqaro xokkey federatsiyasi (XXF)a’zosiga aylandi.
"Avvalo men mazkur tashkilotning barcha a’zolariga minnatdorchiligimni bildiraman. Xokkey oilasining bir bo‘lagiga aylanish biz uchun sharaf. Mazkur status xokkeyning O‘zbekistondagi rivojida katta rol o‘ynaydi deb o‘ylayman", - dedi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi prezidenti Baxtiyor Fozilov.
Eslatib o‘tamiz, O‘XF 2018 yilning mart oyida tashkil topgan. 2019 yil avvalida O‘zbekistonda ilk bor mamlakat chempionati uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. 31 may sanasida "Humo" jamoasining Oliy Xokkey ligasi - Buyuk ipak yo‘li kubogida ishtirok etishi borasida qaror qabul qilindi.
2019 yilning avgust oyida esa "Humo-2" klubi Qozog‘iston ochiq chempionatida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Har ikkala jamoa Toshkentdagi "Humo-Arena" muz saroyida o‘z uy bellashuvlarini o‘tkazib kelmoqda.
Fikrlar