O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi

  • 26 sentabr, 2019, 13:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Tecno

Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda. Sentyabr oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iordaniyada yig‘in o‘tkazib,  Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Oktyabr oyida ham O‘zbekiston U-19 terma jamoasi yana bir xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Vakillarimiz Tailandda o‘tadigan “GSB Bangkok Cup” musobaqasiga taklif oldi. Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqa 2 ta o‘yin kunidan iborat bo‘lib, yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag‘lub bo‘lganlar esa 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishadi. 

Musobaqa taqvimi: 

10 oktyabr | Yarim final

Janubiy Koreya U19 – O‘zbekiston U19

Tailand U19 – Vetnam U19

12 oktyabr | 3-o‘rin uchun

1-o‘yin mag‘lubi – 2-o‘yin mag‘lubi

12 oktyabr | Final

1-o‘yin g‘olibi – 2-o‘yin g‘olibi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!