
O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi ertaga Myanmaga qarshi oq libosda harakat qiladi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi joriy yilning aprel 26-30 aprel kunlari Myanmada bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining ikkinchi saralash bosqichida qatnashadi. Terma jamoamiz Avstraliya, Myanma va Nepal kabi jamoalar bilan birgalikda "A" guruhidan joy olgan.
Ana shu musobaqada qatnashish uchun terma jamoamiz delegatsiyasi Toshkent-Bangkok-Yangon-Mandalay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilib, Myanmaga etib bordi. Ertaga guruhning dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Myanmaga qarshi o‘yin bilan saralash bahslarini boshlaydi. Bugun o‘yin oldidan miting bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, ertaga Karima Yo‘ldosheva shogirdlari oq, Myanma esa qizil rangli libosda maydonga tushadi. Kunning ikkinchi o‘yinida Avstraliya Nepal bilan bahs olib boradi.
Fikrlar