O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi. Ammo tarkibdan darak yo‘q

  • 18 mart, 2019, 15:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkentdagi "Chig‘atoy" sport majmuasida yig‘in boshladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi (ammo mashg‘ulotlarga jalb qilingan futbolchilarning ro‘yxatini e’lon qilinmadi). Yig‘in davomida Otabek G‘ulomxo‘jaev terma jamoaga nomzod futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oladi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida bir qator nazorat o‘yinlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Tecno

Jumladan, O‘zbekiston U-18 terma jamoasi yig‘in doirasida "Lokomotiv" U-21, "Bunyodkor" klubi, shuningdek, Pro-liga vakillari "Yangier" va "Rubin"ga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan.

Yig‘in 28 mart kuniga qadar davom etadi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga "Bunyodkor"dan 9 futbolchi jalb etildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!