
O‘zbekiston U-18 terma jamoasi nazorat uchrashuvida "Yangier"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Yig‘in davomida terma jamoa a’zolari bir qator nazorat o‘yinlari o‘tkazishmoqda. Jumladan, shu paytga qadar "Lokomotiv" yoshlar jamoasi (0:0) va "Dinamo" (1:1) klublariga qarshi o‘yinlar o‘tkazib, har ikkisida durang natija qayd etishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bugun Otabek G‘ulomxo‘jaev shogirdlari Pro-liga a’zosi "Yangier" jamoasi bilan kuch sinashishdi. O‘yin 3:1 hisobida O‘zbekistonU-18 terma jamoasining g‘alabasi bilan tugadi. Terma jamoamiz tarkibida gollarga Bobur Sobirov, Otabek Jo‘raqo‘ziev va Abdulla G‘aybullaev mualliflik qildi.
Toshkentdagi yig‘in 28 martga qadar davom etadi.
Fikrlar