
O‘zbekiston terma jamoasining yana bir a’zosida koronavirus aniqlandi
Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz a’zosi Hojimat Erkinovda Covid-19 infektsiyasi aniqlangan edi. Kuni kecha futbolchimiz qayta test topshirdi. Quvonarlisi, Erkinovning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi va uning karantindan chiqishiga ruhsat berildi. Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, Erkinov bugundan boshlab yakka tartibda engil mashg‘ulotlarga kirishdi.
Shuningdek, delegatsiyamizning qolgan a’zolari ham navbatdagi PTSR testlarini topshirdilar. Unga ko‘ra, darvozabonimiz Umidjon Ergashevda test natijasi musbat ko‘rsatdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ayni paytda futbolchimiz o‘zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari ko‘zga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin o‘tamoqda.
Fikrlar