
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq murabbiyi endi BAA termasida ishlaydi (FOTO)
Bundan bir necha kun oldin Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga kolumbiyalik mutaxassis Xorxe Pinto bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Qizig‘i shundaki, 67 yoshli mutaxassis BAA termasiga O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ektor Kuperning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yordamchisi Mahmud Fayozni taklif qilgan. Endi Fayoz BAA terma jamoasida Pintoga assistentlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Fayoz Kuper bilan birga O‘zbekistondan tashqari Misr terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.
Fikrlar