
O‘zbekiston terma jamoasining Qatarga qarshi tahminiy tarkibi bilan tanishing!
O‘zbekiston terma jamoasi bugun JCh-2026 saralashi doirasida Qatarga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv 21:15da "Jassim bin Hamad" stadionida start oladi.
Bellashuv oldidan tahminiy tarkiblar bilan tanishing:
Darvozabon: O‘tkir Yusupov;
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov, Husniddin Aliqulov, Rustam Ashurmatov, Abduqodir Husanov, Sherzod Nasrullaev;
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov;
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov, Abbosbek Fayzullaev, Eldor Shomurodov.
Eslatib o‘tamiz, bugun guruhimizda KXDR - Eron hamda BAA - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar