O‘zbekiston Rossiyadan 4 baravar arzonroq. Har ikki terma jamoalarning eng qimmat futbolchilari kim?

  • 8 noyabr, 2022, 22:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, 20 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Unda vakillarimiz Rossiyaga qarshi maydonga tushadi. Qiziqarli bellashuv Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Tecno

Shu bois, bugun har ikki jamoaning eng qimmat futbolchilari haqida ma’lumot berishga qaror qildik. Avvalo, mehmonlar haqida to‘xtalamiz.

Rossiya terma jamoasi "Transfermarkt" portalida 139 million evroga baholanmoqda. Tarkibdagi eng qimmat futbolchi "Monako" futbolchisi Aleksandr Golovin hisoblanadi. Liga 1 klubi sharafini himoya qiladigan futbolchining narxi 22 millon evroga baholanmoqda.

"Krasnodar" klubi darvozaboni Matvey Safonov esa ruslarning eng qimmat 2-futbolchisidir. 23 yoshli kiperning narxi 16 million evroni tashkil qiladi. "Dinamo" Moskvaning etakchisi Arsen Zaxaryan esa 15 million evro bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan. 

4-pog‘onada "Lokomotiv" yarim himoyachisi Dmitriy Barinov qayd etilgan bo‘lsa (11 million evro), Rossiyaning eng yulduz futbolchilaridan biri hisoblangan Aleksey Miranchuk esa 10 million evro bilan kuchli beshlikdan joy olgan.

Ammo Rossiya terma jamoasi bosh murabbiy Valeriy Karpin Toshkentdagi yig‘inga na Golovinni, na Miranchukni taklif qilgan. "Monako" va "Torino" futbolchilari ushbu yig‘inni o‘tkazib yuboradi. 

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi esa "Transfermarkt" portali orqali 24,95 million evroga baholangan. "Oq bo‘rilar"ning eng qimmat futbolchisi kutilganidek Eldor Shomurodov himoblanadi. Uning narxi 8 million evroni tashkil qiladi. 

Turkiyaning "Karagyumruk" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov esa ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Andrea Pirlo boshchiligidagi jamoa sharafini himoya qiladigan futbolchimizning umumiy narxi 2 million evroga baholanagan.

Uchinchi o‘rinda Qozog‘istonning "Tobol" klubi hujumchisi Igor Sergeev qayd etilgan. 29 yoshli forvardning narxi "Transfermarkt" portalida 1,70 million evro etib belgilangan. Odil Hamrobekov to‘rtinchi (1 million evro), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev esa 900 ming evro bilan kuchli beshlikka yakun yasagan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Узимдааа Мендааа
09/11/2022 09:16
Машарипов йуқми составда