O‘zbekiston Rossiya bilan kuch sinashdi

BEPUL PROPAN

Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston U-14 terma jamoasi joriy yilning aprel oyida Novosibirskda o‘tadigan “Do‘stlik kubogi”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘smirlar terma jamoamiz ayni kunlarda ushbu nufuzli turnirda vatanimiz sharafini munosib himoya qilish uchun Jizzax shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik harakat, to‘pni qabul qilish, zarba yo‘llash texnikasini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy holat bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Jar” sport sog‘lomlashtirish majmuasining voleybol maydonida O‘zbekiston U-18 terma jamoasi shu kunlarda yurtimizda mashg‘ulot o‘tayotgan Rossiya U-18 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Qiziqarli kechgan bahsda mehmonlar 2:3 hisobida O‘zbekiston terma jamoasidan ustun keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!