
O‘zbekiston qilichbozi Musa Aymuratov Osiyo chempioni
Quvaytda qilichbozlik bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi yoshlar ortasidagi yakkalik musobaqasida Osiyo chempioni bo‘ldi.
Chorak final bahsida Musa xitoylik raqibini 15:8 hisobida ishonchli mag‘lub etdi. Yarim finalda o‘zbekistonlik jamoadoshi bilan kechgan bellashuvda ham g‘alabaga erishdi. Natijada Musa oltin uchun kurashni davom ettirdi. Finalda u gonkong qilichbozi Wong Anson ustidan g‘alaba qozondi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi!
Shuningdek, Islombek Abdazov ham yuqori mahorat ko‘rsatib, bronza medalini qo‘lga kiritib, chempionat sovrindori bo‘ldi.
Musa Aymuratov (O‘zbekiston)
Vong Anson Tsz Vun (Gonkong)
Abdulkarim Muhammad (Quvayt)
Islombek Abdazov (O‘zbekiston)
Fikrlar