
O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasining Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlariga rahbar saylandi
Xabaringiz bor, yaqindagina O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi tashkil etilgandi. Endilikda viloyatlarda ham ushbu sport turlarining ommaviyligini oshirish borasida viloyat rahbarlari saylanmoqda.
Jumladan, 20 may kuni assotsiatsiya raisi Hojiakbar Hakimov boshchiligida delegatsiya Farg‘ona shahriga tashrif buyurdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Farg‘ona "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyidagi o‘ziga xos tadbirda ishtirok etishdi.
Tadbir mobaynida yosh harbiylarning o‘ziga xos chiqishlari barchani e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Yakunda O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasining Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlariga rahbar saylandi. Ushbu mas’uliyatli vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Farg‘ona "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi direktori podpolkovnik Bexzod Axatjonovich Ismatovga topshirildi.
O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi rahbariyatining navbatdagi tashrifi voha viloyatlariga bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar