
O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi mutasaddilari yoshlar bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi tashkil qilinganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, jahon chempionatini Toshkentga olib kelgandi.
Endilikda, assotsiatsiya yurtimiz bo‘ylab, ushbu sport turining ommaviyligini oshirish borasida samarali ishlarni amalga oshirishni boshlab yubordi. Bugun, Toshkent shahridagi 288 maktabda "Yashil chiroq" tadbirida assotsiatsiya raisi Hojiakbar Hakimov yoshlar bilan uchrashdi.
Shuningdek, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizlik xizmati bilan yoshlarni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib qilish, turli xil yomon yo‘llarga kirib ketishni oldini olish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Fikrlar