O‘zbekiston o‘smirlar termasi ustozi Janubiy Koreya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida: "Biz bundan ham ko‘prog‘iga qodirmiz"

  • 7 oktabr, 2022, 20:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yindan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

O‘yin haqida

- Barchani bugungi orziqib kutilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Hammaga kattakon rahmat. Biz sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizni his qilib turdik. Bizning maqsadlarimiz katta. So‘ngi paytlardagi yaratib berilayotgan imkoniyat va natijalar O‘zbekistonda bolalar futboli rivojlanib borayotganini ko‘rsatmoqda. InshaAlloh, Jahon chempionati ham biz uchun yaqinlashib bormoqda.

Birinchi bo‘lim haqida

- Bu yoshda psixologik holat ko‘p narsani hal qiladi. Birinchi bo‘lim biroz og‘ir o‘tdi. Bolalarni ruhan tayyorlashga biroz vaqt ketdi. Ularni o‘zlariga ishonchini qaytarishga harakat qildik. Oldimizda qiladigan ishlarimiz ko‘p.

- Raqib kuchli tomonlari va zaif tomonlari o‘rganildi. Ular Osiyoning eng kuchli jamoalaridan hisoblanadi. Ularga ham g‘alaba juda zarur edi. Lekin biz harakat qildik va vaziyatni o‘z foydamizga yakunladik. Xatolarni sovuq miya bilan ko‘rib chiqamiz va ularni to‘g‘irlaymiz. Biz bundan ham ko‘prog‘iga qodirmiz. Bolalar yosh, ular ustida hali ko‘p ishlaymiz.

Jismoniy holat haqida

- Bizda futbolchilarni vitaminizatsiya qilish bo‘yicha muammo yo‘q. Bu borasida rahbariyat bilan hammasini hal qilganmiz. Biz avvalgi Evropa jamoalari bilan o‘yinlarda bolalarimizni jismoniy holatini ko‘rdik. Bu tizimli narsa. Bu narsani doimiy olib borsak, asta-sekin bizda hammasi joyiga tushadi.

Lazizbek Mirzaev (terma jamoa futbolchisi va bugungi uchrashuvdagi gol muallifi) 

O‘yin haqida

- Bugun qiyin o‘yin bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. O‘FA vakillari, murabbiylar va jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Bolalar hammasini isbotladi va natija bilan nimalarga qodirligimizni ko‘rsatdi.

Gol haqida

- Yaxshi niyat qilib jarima zarbasi oldiga bordim. Ota-onam va muxlislar uchun oldimdagi imkoniyatdan foydalanishga maksimal harakat qildim. Xudoga shukur, bu gol bilan tugadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!