O‘zbekiston Osiyo mamlakatlari ichida ilk marotaba ot sporti bo‘yicha nufuzli turnirga mezbonlik qiladi

CHERY AUTO

Joriy yilning sentyabr oyida poytaxtimizda joylashgan "Allyur" ot sporti klubi konkur bo‘yicha “FEI World Jumping Challenge” xalqaro turnirining final bosqichiga mezbonlik qiladi.

Tecno

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum qilishicha, Xalqaro ot sporti federatsiyasi ushbu musobaqani o‘tkazish uchun Ekvador, Portugaliya va boshqa bir qator davlatlar orasida O‘zbekiston nomzodini ma’qul ko‘rgan.

Qayd etish lozim, FEI World Jumping Challenge turniri 2001 yildan buyon o‘tkazib kelinadi. Dastlab, ushbu musobaqaning final bosqichlari faqat Evropa mamlakatlarida o‘tkazib kelingan. Faqatgina 2008 va 2009 yillarda ushbu musobaqaga Amerika mintaqasi mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2014 va 2016, 2017 yillarda Afrikaga “ko‘chib” o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!