O‘zbekiston Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Bugun Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha U15 yosh toifasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqani yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishdi. Barcha vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Oltin medal:
-44 kg: Sodiqjon Hamidov
Kumush medal:
-41 kg: Afruzbek Ibragimov
-52 kg: Samandar Madaminov
Bronza medal:
-38 kg: Mehmet Annageldiev
-57 kg: Muhammadaziz G‘ofurov
-62 kg: Muhammadrasul Hakimov
-75 kg: Azamat Rahmatov
Ushbu natija bilan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Ertaga qizlar kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.



Fikrlar