
O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvida evropalik raqibni tor-mor keltirdi!
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Evropa yig‘ini doirasida ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Chernogoriyaga qarshi kechgan bahs vakillarimizning 8:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Vakillarimiz safida Ilhom Hamroev xet-trik, Davron Choriev dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Sunnatilla Jo‘raev, Ixtiyor Ropiev hamda Husniddin Nishonov bittadan gol muallifiga aylandi.
Bu aniq zarbalarga raqib tarkibida Efovich Ariyan bir bor javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Endi Bahodir Ahmedov shogirdlari navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Frantsiyaga qarshi o‘tkazadi. Mazkur jamoaga qarshi dastlabki bellashuvimiz 2:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugagandi.
Fikrlar