
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining qaydnomasi ma’lum (foto)
Timur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi 2 apreldan Toshkentda mashg‘ulotlarga kirishadi.
Rejaga muvofiq, yig‘inning ikkinchi qismi 6 aprel sanasidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiriladi. Terma jamoamiz nazorat uchrashuvi doirasida 10 aprel kuni Xitoyga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, dastlabki yig‘inga asosan mahalliy klublarda to‘p suruvchi futbolchilar jalb etildi. Ayni paytda legionerlarimiz klublari bilan muzokaralar davom etmoqda va yakuniy ro‘yxat O‘FA rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Fikrlar