O‘zbekiston MTJning finaldagi raqibi Uganda FIFA reytingida qaysi o‘rinda ekanligini bilasizmi?

  • 29 mart, 2022, 09:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganda o‘tayotgan "Navruz Cup" finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Uganda o‘ynaydigan bo‘ldi. 

Tecno

Hamyurtlarimizning hal qiluvchi bahsdagi raqibi FIFA reytingida 84-o‘rinda bormoqda. Biznikilar esa 85-pog‘onada qayd etilgan. Finalga reytingda ketma-ket o‘rinlarda borayotgan jamoalar chiqdi. Termamizning ilk raqibi 96-o‘ringa joylashgan.

"Navruz Cup" 2 ta yarim final, 3-o‘rin uchun bahs va finaldan iborat. Dastlab Uganda qo‘shni Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 bilan yakunlangach, penaltilar seriyasida Afrika jamoasi 5:4 hisobida zafar quchdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa Qirg‘iz Respublikasini 3:1 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi 3-o‘rin uchun bellashuvda qatnashadi. Srechko Katanets shogirdlari finalda Ugandani sinovdan o‘tkaadi. Ikki bellashuv ham 29 mart kuni o‘tkaziladi.

IMG_0981

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!