
O‘zbekiston MTJga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatida o‘zgarish bo‘ldi. Bunga sabab futbolchilar orasida koronavirus aniqlandi
Kecha xabar berganimizdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avgust oyi avvalida Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
3-10 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mazkur yig‘inga "Paxtakor" klubining 13 nafar a’zosi chaqirilgan edi.
Biroq bugun olingan so‘nggi test natijalariga ko‘ra ushbu futbolchilar orasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar borligi ma’lum bo‘ldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi boshqa o‘yinchilarni sog‘ligini xavf ostida qoldirmaslik maqsadida "Paxtakor" klubi vakillarini yig‘ingan jalb etmaslikka qaror qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Shu sababli, quyidagi futbolchilar milliy terma jamoamizning keyingi haftadagi yig‘iniga kelib qo‘shiladi:
Abbos Otaxonov ("Metallurg"), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ("Bunyodkor"), Iskandar Shayqulov ("So‘g‘diyona"), Hojimat Erkinov (AGMK), Oybek Rustamov ("Qo‘qon-1912"), Abbosjon G‘ulomov ("Navbahor"), Quvondiq Ro‘ziev ("Qo‘qon-1912"), Jasur Hasanov ("So‘g‘diyona"), Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv").
Ma’lumot o‘rnida, terma jamoa shifokori barcha klub shifokorlari orqali chaqiruv olgan futbolchilarning sog‘ligi haqida muntazam xabardor bo‘lib turibdi.
Shuningdek, mazkur yig‘in avvalidan terma jamoa to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mashg‘ulotlar yopiq tarzda o‘tkaziladi.
Fikrlar