
O‘zbekiston MTJ yig‘iniga 6 nafar legioner kelib qo‘shildi, "Paxtakor" futbolchisi O‘zbekistonga qaytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay yig‘inini davom ettirmoqda.
O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, legionerlarimiz mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kelib qo‘shilgan. "OFK kalendariga muvofiq, 24 yanvardan Osiyoda terma jamoalar uchun FIFA kunlari boshlandi. Xususan, o‘zbekistonlik legioner futbolchilar ham terma jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilmoqda.
Bugun Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Otabek Shukurov, Aziz G‘aniev, Jaloliddin Masharipov, Shahboz Umarov va Eldor Shomurodov milliy terma jamoa safidan joy oldi.
Shuningdek, Abror Ismoilov tizzasidan olgan engil jarohati sabab, shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra muddatidan oldin terma jamoa yig‘inini tark etdi",-deyiladi tashkilot xabarida.
Fikrlar