O‘zbekiston MTJ o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazish uchun BAAga jo‘nab ketdi

  • 8 fevral, 2021, 09:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi yil hisobidan birinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun BAAga yo‘l oldi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

O‘zbekiston delegatsiyasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 11.00 da Dubay xalqaro aeroportiga etib boradi va "Crowne Plaza" mehmonxonasiga joylashadi.

MTJ a’zolari kunning ikkinchi yarmida BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazadi.

Ma’lumot o‘rnida, JCh-2022 saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettiradigan milliy jamoamiz a’zolari xorij safari davomida 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!