O‘zbekiston MTJ murabbiylar shtabida avstraliyalik mutaxassis ham bo‘ladi

  • 23 sentabr, 2019, 18:15
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Unga ko‘ra Ektor Kuperning bo‘shab qolgan o‘rnini hali sovub ulgurmasidan "Bunyodkor" ustozi Vadim Abramov egalladi.

Tecno

O‘FA matbuot xizmati terma jamoa murabbiylar shtabidan kimlar o‘rin olishini ma’lum qildi. Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o‘sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi. Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Husan Sodiqov
23/09/2019 18:22
Yelichichga pishirib qo‘yibdimi
&
JASUR3838
23/09/2019 19:58
Bizda bugungi kundagi eng zur variant Abramov edi va u termamizga kildi. Kapatzi xam kilgani zur bulibdi likin Yilichdan kura boshqa murabbiy olib kilish kirakmidi yana bilmadim.
&
Surxon turon
23/09/2019 19:04
Зарари йӯқ