
O‘zbekiston MTJ Iordaniyani ishonchli hisobda taslim etdi
Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Husniddin G‘ofurov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi gol Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan kiritildi. Har ikkala golga assistni Oybek Bozorov mohirona tarzda etkazib berdi.
Navbatdagi o‘yinda termamizga Soligorskning "Shaxtyor" klubi raqiblik qiladi.
Fikrlar