
O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida qaysi davlatlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Xitoyning Sian shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Srechko Katanets boshqaruvidagi jamoamiz yig‘in doirasida 13 oktyabr kuni Vetnam, 16 oktyabr kuni esa Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
13 oktyabr
O‘zbekiston - Vetnam
16 oktyabr
Xitoy - O‘zbekiston
Fikrlar