
O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2022" va "Osiyo kubogi-2023" qo‘shma saralash bosqichi keyingi yilga qoldirilganiga qaramay, mazkur bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib boradi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Shu sababli, milliy jamoamiz oktyabr oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in doirasida avval xabar berganimizdek, ikkita xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.
Dastlab, Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy terma jamoamiz Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasining iltimosiga binoan bir kun keyinga ya’ni 8 oktyabrga ko‘chirildi. Mazkur bahs “Paxtakor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 oktyabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Fikrlar