O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

  • 2 avgust, 2022, 10:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

So‘nggi yillarda yurtimizda gender tengligini ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha ishlar bir necha yo‘nalishlarda faol olib borilmoqda. Jumladan, sport sohasi ham bundan mustasno emas.

Tecno

Bugun bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, mashhur paralimpiya sportchilari, mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Hozirgi kunda respublikamizdagi 9348 ta mahallada mahalla xotin-qizlar faoli ish olib bormoqda. Tomonlar o‘rtasida imzolangan bugungi memorandum natijasida mahallabay ishlash tizimi orqali aynan ana shu faollar ko‘magida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni paralimpiya sport turlariga keng jalb etish bo‘yicha samarali tizim joriy etilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!