
O‘zbekiston Maliga qarshi to‘liq ko‘k libosda o‘ynaydi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ertaga Maliga qarshi uchrashuv bilan U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. Mazkur o‘yinda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa to‘q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvni urugvaylik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Texera Gustavo, unga qanotlarda hamyurtlari Barrerio Karlos va Nievas Andres yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Aranda Aprismanga (Indoneziya) topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mali — O‘zbekiston o‘rtasidagi JCh uchrashuvi 10-noyabr soat 14:00 da start oladi.
Fikrlar