
O‘zbekiston Liga kubogi. AGMK "Dinamo" darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi va finalga chiqdi
Hozirgina O‘zbekiston Liga kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan AGMK hamda "Dinamo" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Olmaliqdagi "OKMK SM"da kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Jasur Hakimov va Jasur Umarov (dubl)lar mualliflik qildi. Shu tariqa, Mirjalol Qosimov shogirdlari final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Hal qiluvchi bahsda olmaliqliklar "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushishadi. Mazkur bellashuv 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar