
O‘zbekiston kubogi. "Navbahor" safarda "Xorazm"ni mag‘lub etdi, "Paxtakor"da esa yirik g‘alaba
O‘zbekiston kubogining 1/8 finali doirasidagi ikki bellashuv yakuniga etdi.
"Navbahor" safarda "Xorazm"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi - 1:3.
Gollar: Igor Gabriel, 49 (0:1), Abbosjon G‘ulomov, 80 (0:2), Shahram Samiev, 83 (1:2), Abbosjon G‘ulomov, 87 (1:3).
Kunning navbatdagi bahsida esa "Paxtakor" "Olimpik Mobiuz"ga qarshi bahs olib borib, minimal ustunlikdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi - 2:1.
Brayan Riaskosning dubli "sherlar"ga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, mehmonlar safidagi yagona golga Bunyodbek Rahimov mualliflik qildi.
Fikrlar