
O‘zbekiston kubogi. "Metallurg" "Neftchi"dan ustun keldi, "Bunyodkor" esa Pro liga jamoasini enga olmadi
O‘zbekiston kubogi 3-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"C" guruhi ishtirokchisi "Metallurg" bugun "Neftchi"ga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda bekobodliklar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda "Bunyodkor" "Yunired" bilan durang o‘ynadi - 0:0. Shu tariqa, Toshkent klubi keyingi bosqich masalasini hal qildi.
Fikrlar