O‘zbekiston kubogi. "H" guruhida 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi

  • 25 aprel, 2023, 20:00
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston kubogi "H" guruhidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Dastlab, "Paxtakor-79" - "Shahrihonchi" jamoalari to‘qnashdi. Mazkur uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabsi bilan yakunlandi. O‘yinning 33 daqiqasida Saidibrohim G‘ulomjonov hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taym so‘ngida Elyor Usmonov muvozanatni tikladi.  55 daqiqada Zokirjon Najimov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va uchrashuvda boshqa gol urilmadi. Bahsning 73 daqiqasida Habibulla Matyoqubov (Paxtakor-79) va Umidjon Isroilov (Shahrixonchi) maydondan chetlashtirildi.

Guruhning ikkinchi qarama-qarshiligida "Xorazm" va "Lokomotiv-BFK" jamolari kuch sinashdi. O‘yinning 29 daqiqasida Shahzod Beshimov gol urib, hisobni ochdi. Bu gol uchrashuvda yagona bo‘ldi va "Xorazm"ga g‘alaba olib keldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!