
O‘zbekiston kubogi. "Bunyodkor" irodali g‘alabaga erishdi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi o‘z maydonida Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qildi va 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Muzaffar Muzaffarov 36-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 72-daqiqada Dilshod Ahmadaliev muvozanatni tikladi. Bellashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga 1 daqiqa qolganida Vladislav Nuriev "qaldirg‘ochlar"ga g‘alaba keltirgan to‘pni kiritdi.
Gollar: Muzaffar Muzaffarov, 36 (0:1). Dilshodbek Ahmadaliev, 72 (1:1). Vladislav Nuriev, 89 (2:1).
"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islom Qobilov, 6. Anvar G‘ofurov, 7. Dilshod Ahmadaliev, 10. Xurshid G‘iyosov, 13. Lutfulla To‘raev, 14. Mirjahon Mirahmadov, 17. Sanjar Qodirqulov, 19. Nurillo To‘xtasinov, 26. Ulug‘bek Abdullaev, 34. Suhrob Izzatov.
"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbos Otaxonov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 11. Bahrom Abdurahimov, 17. Muzaffar Muzaffarov, 18. Shavkat Mullajonov, 22. Shahzod G‘ofurbekov, 28. Stanislav Andreev, 55. Akbar Ismatullaev, 70. Sergey Tumasyan, 85. Bahodir Pardaev.
Fikrlar