
O‘zbekiston kubogi. "Andijon" birinchi liga ishtirokchisi "Lochin"ga mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston kubogining "B" guruhi doirasida "Lochin" - "Andijon" bahsi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bellashuvda mezbonlar minimal ustunlikdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi - 2:1.
Bahsdagi barcha gollar so‘nggi daqiqalarda kiritildi. Dastlab, 85-daqiqada Og‘abek Mahamadaminov hisobni ochgan bo‘lsa, Mirzad Mehanovich 89-daqiqadagi penaltidan unumli foydalangan holda oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. "Lochin"ning g‘alaba goli esa 90+2 daqiqada Suhrob Toshkenboev tomonidan kiritildi.
Fikrlar