O‘zbekiston "konchilari" Belarus "konchilari"ga qarshi o‘ynaydi

  • 11 iyul, 2024, 10:19
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, OKMK jamoasi Superliganing birinchi davra yakunidan so‘ng yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish, shuningdek, chempionatning ikkinchi davrasiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Belarus davlatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini  olib bormoqda. 

Jamoaning xorij yig‘inidagi dastlabki raqibi mahalliy jamoalardan biri, ya’ni Belarusning 3 karra chempioni va 3 karra kubok sohibi hamda 2 karra Belarus Superkubok egasi Soligorskning "Shaxtyor" klubi bo‘ladi. 1961 u444yilda tashkil topgan klub o‘z navbatida Belarusning 7 karra kumush va 6 karra bronza medali sovrindori hisoblanadi.

OKMK va "Shaxtyor" jamoasi o‘rtasidagi "konchilar" derbisi Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!