
O‘zbekiston joy olgan guruhda vaziyat qanday?
Osiyo kubogi saralashidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, "S" guruhidan o‘rin olgan ikki bellashuv yakuniga etdi. Dastlab, Tailand hamda Maldiv orollari o‘zaro kuch sinashdi. Ushbu bellashuvda kutilganidek Tailand raqibdan ustun keldi. Hisob - 3:0.
Shuningdek, biroz avval O‘zbekiston - Shri-Lanka bahsi yakuniga etdi. Mazkur to‘qnashuvda ham 3:0 hisobi qayd etildi hamda vakillarimiz 1-turni muvaffaqiyatli tarzda boshladi.
Ortda qolgan turdan so‘ng "C" guruhidagi vaziyat bilan tanishib chiqing.
Fikrlar