
O‘zbekiston g‘alabasiga Ronalduning yurtidan munosabat keldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida birinchi bor futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olganiga dunyo miqyosida ham munosabatlar bildirilmoqda.
Xususan, Krishtianu Ronalduning yurti Portugaliyadagi futbol manbalari o‘zbek futbolchilarining muvaffaqiyatlari haqida ma’lumotlar chiqarmoqda.
Ta’kidlash joizki, futbolchilarimiz Osiyo mintaqasi saralash turnirining uchinchi bosqichida to‘qqizinchi turda safarda Birlashgan Arab Amirliklari bilan durang o‘ynaganidan keyin muddatidan oldin mundial yo‘llanmasini naqd qildi.
Diogo RIBEYRO, bolanarede.pt portali eksperti:
O‘zbekiston – “Jahon chempionati-2026”da! Markaziy Osiyo jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari maydonida durang o‘ynadi va jahon chempionatiga chiqdi.
O‘zbekiston – 2026 yilgi jahon chempionatida debyut qiladigan birinchi terma jamoa bo‘ladi. Bu terma jamoa ilgari hech qachon mundiallarda qatnashmagan va kelasi yili debyutini nishonlaydi.
Mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganida “A” guruhida Eron va O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l ochadigan ikki yo‘llanmani naqd qildi.
Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Qirg‘iziston jahon chempionatiga chiqish uchun kurashni keyingi bosqichda davom ettirish huquqi uchun raqobatlashmoqda.
Jon Piter ANDRADA, itatiaia.com.br sayti eskperti:
O‘zbekiston jahon chempionati yo‘llanmasini o‘zida ushlab qoldi. To‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblarning o‘zaro bahsida o‘zbeklar Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi maydonida navbatdagi mundialda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Endi O‘zbekistonni 2026 yilgi jahon chempionatida ko‘ramiz. Buning uchun o‘zbeklarga saralash turnirining to‘qqizinchi turidagi durang natija kifoya qildi.
Maydon egalari jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun butun uchrashuv davomida katta kuch bilan bosim uyushtirishga harakat qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yaxshi himoyalandi, ayniqsa, darvozabon O‘tkir Yusupov juda ishonchli o‘ynadi.
O‘zbekistonning eng yorqin o‘yinchilari sifatida jamoa sardori Eldor Shomurodov va “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovni xalqaro maydonda juda yaxshi tanishadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundial yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi. Futbolchilarimiz saralash turnirining uchinchi bosqichidagi oxirgi o‘yinini 10 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Qatar terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Shomurodovning mundialga chiqqani Evropada qanday baholandi?
Gvardiola hayron: Husanov Yamal bilan o‘ynashi mumkinmi?
Fayzullaevdan xushxabar!
Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagi muhim qarorga bog‘liq?
Fikrlar