O‘zbekiston chempioni Neymarga qaysi jamoaga o‘tishni aytdi

  • 9 iyun, 2023, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” safida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan braziliyalik Rivaldo PSJ hujumchisi Neymarga qaysi jamoaga o‘tsa, ishlari yurishib ketishini maslahat berdi.

Tecno

Ma’lumki,  Neymar PSJda katta bosim ostida qolmoqda. Matbuot 31 yoshli futbolchini tinimsiz tanqid qiladi, fanatlar esa, norozilik namoyishini o‘tkazib, Neymarning uyigacha bordi.

Braziliyalik futbolchi nihoyat Parijdan ketishga moyillik bildira boshladi. Rivaldo vaziyatdan foydalanib, unga nima qilish kerakligini aytdi.

- “Manchester Yunayted” Erik ten Xag qo‘l ostida barqaror o‘ynay boshladi. Ular Chempionlar ligasi masalasini hal qildi.

Manchesterliklar Neymarni qabul qilsa, u jamoaga juda ko‘p foyda keltira oladi.

Dunyoning eng kuchli ligasida o‘ynaydigan afsonaviy klubga o‘tish, Neymar uchun oldinga tashlangan qadam bo‘ladi.  Unga yangi chaqiruv kerak.

Men Neymarning 2017 yili PSJga o‘tishini ma’qullamaganman. Lekin hozir “Manchester yunayted”ga transferini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman, - dedi Rivaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!