
O‘zbekiston chempioni “Barsa”ga qimmatli maslahat berdi (foto)
“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni va musobaqa to‘purari bo‘lgan Rivaldo “ Barselona” Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi uchun nimalarga e’tibor qaratishi kerakligini aytdi.
- Men Ansu Fati jarohat olgunga qadar ham, “Barselona” yana bir-ikkita zo‘r hujumchilardan olishi kerakligini aytgandimyu Agar ular Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashishni istasa shunday qilsin. Kuman jamoa muhim uchrashuvlarda raqobatbardosh bo‘lishi uchun hujumkor futbolchilar borasida kengroq tanlov imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Fati yaxshi o‘ynayotgan va o‘ziga ishonchi ortib, etakchilik qobiliyatini namoyon qilayotgan edi. Eni uning yo‘qligi ham bir muammo bo‘lib qoladi, - dedi Rivaldo.
“Barselona” Chempionlar ligasida o‘z guruhida “Yuventus”, “Dinamo Kiev” va “Ferentsvarosh”ni mag‘lubiyatga uchratib, 9 ochko bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar