
O‘zbekiston chempioni: “Barsa” Niko Uilyams bilan Mbappe boshchiligidagi “Real”ga bas kelolmaydi!
“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni va mamlakat chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Rivaldo sobiq jamoasi “Barselona” haqida fikr bildirdi.
- Men “Barselona”ga bog‘lanib qolganimni tan olaman, lekin yolg‘on gapira olmayman, “Real” baribir oldinda.
Agar Niko Uilyams “Barselon”ga o‘tsa, zo‘r ish bo‘ladi. Lekin dunyoni hayratga soladigan jamoaga aylanish uchun kataloniyaliklar yana boshqa transferlarni ham amalga oshirishi shart.
“Barselona” xuddi “Real” singari kuchli klub ekanini ko‘rsatishi kerak. “Barselona” shunchaki Niko Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olib, “Real”ni yutib qo‘yolmaydi, - dedi Rivaldo.
“Real” yozda Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olib, hujumkorlik salohiyatini yanada kuchaytirdi. Madridliklar o‘tgan mavsumda “Barselona”dan chempionlikni tortib olgan edi.
Fikrlar