O‘zbekiston chempionati bahslari yakuniga etdi

BEPUL PROPAN

Joriy yilning 2-8 aprel kunlari Nukus shahrida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
 
Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida 1-o‘rin Qashqadaryo viloyati jamoasiga, 2-o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasiga, 3-o‘rin esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasiga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasida esa 1-o‘rinni Andijon viloyati jamoasiga, 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasiga, 3-o‘rinni Xorazm viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!