O‘zbekiston ayollar OTJ Vetnamga qarshi o‘yinni qanday tarkibda boshlaydi?

  • 3 aprel, 2019, 12:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar OTJ Tokio-2020 Olimpiadasining 2-saralash bosqichi doirasida guruhdagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Ayni paytga kelib Bahrom Norsafarov Vetnamga qarshi kechadigan dastlabki o‘yin uchun tanlagan boshlang‘ich tarkib o‘yinchilari ma’lum. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ular bilan tanishing:

Darvozabon: Laylo Tilovova
Himoyachilar: Tanzilya Zarbieva, Maftuna Shoimova, O‘g‘iloy Qo‘chqorova, Soliha Husnitdinova
Yarim himoyachilar: Umida Zoirova, Saida Galimova, Rushaniya Safina, Mahliyo Sarikova
Hujumchilar: Nilufar Qudratova, Lyudmila Karachik.

Zaxira: Maftuna Jonimqulova, Gulandom Boymatova, Feruza Boboxo‘jaeva, Laylo Shodieva, Dilnoza Bektemirova, Dildora Nozimova, Malika Burxonova, Kamila Zaripova, Diyora Habibullaeva

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs “Lokomotiv” stadioida soat 15:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
дилик
03/04/2019 12:18
Транслятция килишса яхши буларди
&
дилик
03/04/2019 12:17
Нега шундай уйинларни спорт тв курсатмайди