
O‘zbekiston Afrika jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi
O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida Janubiy Sudan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqdi. Mazkur bahsda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Vakillarimiz safida Shomurodov birinchi bo‘limda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi taymning 67-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Masharipov 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, termamiz 1 fevral sanasida Yangi Zelandiyaga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
Fikrlar